🌸 Navoiy shahridagi Prezident maktabida Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi.O‘zbek she’riyatining betakror siymosi — Zulfiya xotirasi ehtirom bilan yod etildi. O‘quvchilar shoira she’rlarini mehr va ilhom bilan ifodali o‘qib, uning hayoti va ijodidan sahna lavhalarini namoyish etdilar.
She’riyatga oshno qalblar uchun bu tadbir nafis tuyg‘ular, ezgulik va sadoqat darsiga aylandi.
🔵Telegram (https://t.me/psnavoi)
🔵Facebook (https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/)
🔵Instagram (https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==)

