#Akademik_va_yoshlar_uchrashuvi
🎓Navoiy shahridagi Prezident maktabida iqtisod fanlari doktori, professor, akademik Gulyamov Saidahror Saidahmedovich ishtirokida “Raqamli iqtisodiyotning dolzarb muammolari va zamonaviy yutuqlari” mavzusida ijodiy-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida akademik o‘z hayotiy tajribasi, ilm yo‘lidagi izlanishlari va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash uchun ilhom oldilar.
✅Bunday uchrashuvlar yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni izlanish va yangilik yaratishga ruhlantiradi.
🔵Telegram (https://t.me/psnavoi)
🔵Facebook (https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/)
🔵Instagram (https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==)

