⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari kuzgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ilm-fanga, muhandislik yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini yanada oshirish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurishdi.
✅ Tashrif davomida o‘quvchilar universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot jarayonlari, muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi hamda zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

