✍️Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Ona tili — millat ruhi” va “Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash” mavzularida 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida esse va insholar tanlovi o‘tkazildi.
✅Tanlovda o‘quvchilar ona tilimizning beqiyos go‘zalligini, Navoiy ijodining bebaho merosini chuqur ifodalab, o‘z fikrlarini badiiy tarzda bayon etdilar.
Bunday tadbirlar o‘quvchilarda ona tiliga mehr, milliy g‘urur va ijodiy tafakkurni yanada mustahkamlaydi.

