Navoiy shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning jismoniy chiniqishi, milliy sport turlariga qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Turon yakka kurashi to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar nafaqat sport mahoratini oshirmoqda, balki ularda intizom, qat’iyat, jasorat, o‘zaro hurmat va vatanparvarlik fazilatlari ham shakllanmoqda.
✨ Turon yakka kurashi – kuch, iroda va milliy qadriyatlar uyg‘unligi!

News
MILLIY SPORT – MILLIY G‘URUR!
Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish
