#KelajakSoati
News

#KelajakSoati

Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish

 KELAJAK SOATI: MUSTAQILLIK TIMSOLLARI — MILLIY G‘URUR VA O‘ZLIGIMIZ!
🏫 Navoiy shahridagi Prezident maktabida navbatdagi “Kelajak soati” darslari “Mustaqillik timsollari — milliy g‘urur va o‘zligimiz” mavzusida tashkil etildi.
🇺🇿 Dars davomida o‘quvchilar davlatimiz mustaqilligi, milliy ramzlarimizning mazmun-mohiyati, tarixiy qadriyatlarimiz hamda milliy o‘zligimiz haqida bilimlarini boyitdilar.
✨ Ushbu mashg‘ulotlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, mustaqillik ne’matiga shukronalik va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.