📚 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Ona tilim — g‘ururim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni ifodalovchi bebaho boylik ekani alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar, badiiy chiqishlar va ona tilimizni ulug‘lovchi ijodiy namoyishlar taqdim etildi.
💚 Ona tilini sevish — Vatanga muhabbatning yorqin ifodasidir!

News
ONA TILIM — G‘URURIM!
Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish
