📚 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Savodxonlik – millat ko‘zgusi” mavzusida pedagog va xodimlar ishtirokida ommaviy diktant aksiyasi o‘tkaziladi.
✍️ Mazkur aksiya yozma savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
💙 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va millatimiz faxridir! Uni asrash, qadrlash va sofligini saqlash har birimizning burchimizdir.
🇺🇿 Tilimizga ehtirom — millatimizga ehtirom!

News
SAVODXONLIK – MILLAT KO‘ZGUSI
Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish
