📚 “KELAJAK SOATI”: USTOZ — KELAJAK BUNYODKORI!
Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Kelajak soati” doirasida “Ustoz va zamonaviy texnologiyalar” hamda “Mening ustozim” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
💻 Yuqori sinf o‘quvchilari ta’limda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni haqida fikr almashdilar. Quyi sinf o‘quvchilari esa ijodiy plakatlar, tabrik xatlari va video-murojaatlar orqali ustozlarga bo‘lgan hurmat va minnatdorliklarini ifoda etdilar.
✨ Ustoz — kelajak bunyodkori, ezgulik va bilim yo‘lboshchisidir!

News
#Kelajak_soati #Mening_ustozim
Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish
