📚 Navoiy shahridagi Prezident maktabida mahalliy o‘qituvchilar o‘rtasida “English Speaking Challenge” tanlovi tashkil etildi!
Mazkur tashabbus maktab ma’muriyati va ingliz tili o‘qituvchilari tomonidan ilgari surilib, turli fan o‘qituvchilari jamoalarga birlashtirildi.
🎯 Tanlov doirasida har bir jamoaga alohida mavzu va topshiriqlar berilib, ular ingliz tilida bajarilmoqda. Ishtirokchilar o‘zlarining erkin muloqot qilish, ijodiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etmoqdalar.
✨ Ushbu bellashuv pedagoglarning ingliz tilida erkin so‘zlashuvini rivojlantirish, til o‘rganishga qiziqishini oshirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

News
“English Speaking Challenge” tanlovi.
Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish
