16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni.
News

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni.

Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish

🌱 16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni.
Ushbu sana munosabati bilan maktabimizda o‘quvchilarning ekologik bilim va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan dars hamda ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🌿 Ozon qatlamini asrash uchun biz nima qila olamiz?
🔹 Chiqindilarni saralash va qayta ishlashga topshirish;
🔹 Daraxt ekish va yashil hududlarni kengaytirish;
🔹 Energiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
🔹 Ekologik madaniyatni oshirish va boshqalarga ham targ‘ib qilish.
🎨 Dars jarayonida o‘quvchilar posterlar tayyorladilar.
💚 Ozon — Yerning ko‘rinmas qalqoni. Uni asrash esa bugungi kunning emas, kelajak avlod oldidagi ham mas’uliyatimizdir!