“FARZANDIMGA MAKTUB” — mehr va ishonchdan boshlangan uchrashuv.
News

“FARZANDIMGA MAKTUB” — mehr va ishonchdan boshlangan uchrashuv.

Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish

💌 “FARZANDIMGA MAKTUB” — mehr va ishonchdan boshlangan uchrashuv.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida umumiy ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishning kirish qismida “Farzandimga maktub” loyihasi tashkil etilib, ota-onalar farzandlariga o‘z mehrlari, samimiy tilaklari va ezgu niyatlarini maktub orqali izhor etdilar.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, kelajakdagi maqsadlari, maktab va ota-onalar hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Farzand tarbiyasidagi hamjihatlik — uning kelajagiga qo‘yilgan eng muhim qadamdir!