HAMKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR POYDEVORI
News

HAMKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR POYDEVORI

Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish

🤝 HAMKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR POYDEVORI

Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Kalonov Muxiddin Baxriddinovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmon maktab faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ta’lim jarayoni bilan tanishdi.
Uchrashuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi. Tashrif yakunida kelgusidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandum imzolashga kelishib olindi.