⚡️ IJSO–2026: Navoiylik o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasidan joy oldi!
Fan olimpiadalari markazi tomonidan 23-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO–2026) uchun terma jamoaga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha saralashning II bosqichi o‘tkazildi.
Saralash yakunlariga ko‘ra, Navoiy shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Murodullayev Jasurbek Abbos o‘g‘li g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Bolgariyada bo‘lib o‘tadigan IJSO–2026da O‘zbekiston terma jamoasi safida mamlakatimiz sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
👏 Jasurbek Murodullayevni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz!

News
IJSO–2026
Baxtiyor Shodiyev1 daq. o‘qish
