NAVOIYDA 4S FESTIVALI
News

NAVOIYDA 4S FESTIVALI

Malika Bahronova1 daq. o‘qish

NAVOIYDA 4S FESTIVALI ✨

⚡️ Prezident maktablari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Spirituality, Sport, Science, Socializing” (4S) festivali Navoiy shahrida davom etmoqda. Unda Samarqand va Qarshi shahridagi Prezident maktablaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etishdi.
Dastur doirasida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, seminar-treninglar, milliy qadriyatlar ko‘rgazmalari hamda kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar namoyish etildi.
✅Mazkur festival  do‘stlik, hamkorlik, tajriba almashish,yoshlarning bilim, iste’dod va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qilayotgan muhim maydonga aylandi.