⚡️ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari kasbga yo‘naltirish hamda zamonaviy kasblar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Gidro Stanko Service” (GSS) korxonasiga tashrif buyurishdi.
✅ Tashrif davomida o‘quvchilar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, ular muhandislik yo‘nalishining amaliy jihatlari haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lishdi.
✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etib, ularni kelajak sari dadil qadam tashlashga undaydi.
🔵Telegram (https://t.me/psnavoi)
🔵Facebook (https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/)
🔵Instagram (https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==)

