🌿 “Bitiruvchilar bog‘i” – ezgu an’ana boshlanishi
Navoiy shahridagi Prezident maktabida yana bir mazmunli tashabbus hayotga tatbiq etildi — “Bitiruvchilar bog‘i” tashkil etildi.
Ushbu bog‘ har bir bitiruvchining maktab hayotidagi yorqin xotiralarini asrab qolish, ularning kelajakdagi yutuqlariga ramziy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ekilgan har bir nihol — bu nafaqat tabiatga bo‘lgan e’tibor, balki bitiruvchilarning maktabga bo‘lgan mehr va sadoqatining ifodasidir.
🌱 Bugun ekilgan nihollar ertangi kunning mustahkam daraxtlariga aylanganidek, bitiruvchilarimiz ham yurtimiz ravnaqi yo‘lida ulkan marralarni zabt etishiga ishonamiz.
🔵Telegram (https://t.me/psnavoi)
🔵Facebook (https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/)
🔵Instagram (https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==)

