Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Ahtamov Mironshoh va Tojiboyev Tolibjon “ROBO-CODING” olimpiadasining hududiy bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar!
Ushbu natija o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalar, dasturlash va robototexnika sohasidagi bilim va ko‘nikmalari yuqori darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi.
👏 G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🔵Telegram (https://t.me/psnavoi)
🔵Facebook (https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/)
🔵Instagram (https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==)

