#xushxabar
#prezident_maktablari
🤩 Agentlik tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Jasminabonu Erkinova dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — American University of Beruit Mediterraneoga to‘liq oʼqish xarajatlari qoplanadigan stipendiya asosida qabul qilindi.
AUB — tibbiyot va sog'liqni saqlash fanlari bo'yicha Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) regionida 1-o'rinda turadigan nufuzli universitet.
✅ Grant miqdori:
— yiliga 24 500 AQSh dollari
— 4 yil uchun jami 98 000 AQSh dollari miqdoridagi to‘liq oʼqish toʼlovi.
✅ Oʻquvchimizga 2026/2027 o‘quv yili uchun:
Bachelor of Science in Psychology
4 yillik bakalavr dasturi
bo‘yicha rasmiy taklif xati taqdim etildi.
O‘quvchimizning yutuqlari:
➖IELTS — 7 ball
➖SAT — 1500 ball
➖AS Level — AAB
Jasminani ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz va 2026-yil davomida yana ko'plab natijalar kutib qolamiz.

