MUNOSIB EʼTIROF!
News

MUNOSIB EʼTIROF!

Baxtiyor Shodiyev1 min read

🎉 MUNOSIB EʼTIROF!
Navoiy shahridagi Prezident maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Roʻziqulova Zebo Aliqulovna mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan munosib taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof ustozimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali mehnati, fidoyiligi va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi munosib xizmatlarining e’tirofidir.
Zebo Aliqulovnani ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌷
Kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿✨