#sayyor_qabul
#Navoiy_viloyati
🎓 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini joyida o‘rganish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov ishtirokida Navoiy shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Sayyor qabul davomida fuqarolarning ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimiga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni vakolat doirasida hal etish hamda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.
✅ Shuningdek, xizmat safari doirasida yangi o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan Navoiy shahridagi Muhandislik maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filialida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅ Xususan, ta’lim muassasalarining 2026/2027-o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.

News
#sayyor_qabul
Baxtiyor Shodiyev1 min read
