#IBO_2026
📣 Litvaning Vilnyus shahrida boʼlib oʻtayotgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO 2026) natijalari eʼlon qilindi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan 3 nafar o‘quvchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan:
🥉 Murodbek Latipov (Navoiy shahridagi Prezident maktablari)
🥉 Orzugul Muxtorova (Navoiy shahridagi Prezident maktabi)
🥉 Nursulton Ashiraliyev (Jizzax shahridagi Prezident maktabi)
📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq:
👉 nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun Oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan:
➖ oltin medal uchun — 1 mlrd. 30 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln. soʻm;
➖ kumush medal uchun — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm;
➖ bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm.

News
#IBO_2026
Malika Bahronova1 min read
