Yakuniy davlat attestatsiyasi
News

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Malika Bahronova1 min read

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🎓 Imtihonlar belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi. Ushbu sinovlar bitiruvchilarning ona tili va adabiyot fanidan egallagan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash, shuningdek, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijodiy yondashuv qobiliyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

🖌 Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘quvchilarning maktab dasturini o‘zlashtirganlik darajasini — bilish, qo‘llash va mulohaza qilish kabi kognitiv faoliyatlarga oid topshiriqlar bo‘yicha belgilovchi muhim bosqichdir.